Jizzaxda 070 avtomobil raqami 7,5 million so‘mga sotib olindi

© Foto : Novosti Uzbekistana"Krasivie" nomera na avtomobil v Uzbekistane
Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Savdo g‘olibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB bo‘linmasida rasmiylashtirishi lozim

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Kecha O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimida avtoraqamni sotish bo‘yicha birinchi bitim tuzildi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Elektron savdolar yakuniga ko‘ra Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 563 637,5 so‘mga sotildi. Lotning boshlang‘ich narxi 7 488 750 so‘mni tashkil etadi.

© Uzbekskaya respublikanskaya tovarno-siryevaya birjaUshbu avtoraqam 7,5 mln so‘mga sotib olindi
Perviy krasiviy avtonomer, prodanniy za 7,5 mln sumov na internet-auksione - Sputnik O‘zbekiston
Ushbu avtoraqam 7,5 mln so‘mga sotib olindi

Savdo g‘olibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB bo‘linmasida rasmiylashtirishi lozim.

Ayni paytda birjaning avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 841 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari, shu jumladan 635 ta — jismoniy shaxslar va 206 ta — yuridik shaxslar uchun qo‘yilgan. Auksionga qo‘yilayotgan respublikaning barcha hududlari avtoraqamlari soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Auksionlarni yakunlanlash muddati sotuvchining talabnomasi qo‘yilgan paytdan boshlab eng kamida uch ish kunini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0