Toshkentda "tez yordam" shifokorlarini do‘pposlagan shaxs qo‘lga olindi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Audioyozuvga ko‘ra, Zafar Qayumovning ishidan qanoatlanmagan Abdumalik Karimov bolani kasalxonaga olib ketishlarini talab qiladi, so‘ngra shifokorga zarba beradi

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 36 yoshli Abdumalik Karimov uyiga chaqiruv asosida kelgan "tez yordam" shifokorini do‘pposlagani uchun qo‘lga olindi, deb xabar berdi anhor.uz. Shifokor travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Abdumalik Karimovga nisbatan Jinoyat odeksining 277- (Bezorilik) moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

10 sentabr kuni uning uyida shifokorni do‘pposlash bilan bog‘liq voqea "tez yordam" xodimlari tomonidan mobil telefonga yozib olingan va OAVda e’lon qilingan.

Tez tibbiy yordam xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Tez yordamning yangi dispetcherlik xizmatlari 2019-yildan ish boshlaydi

O‘sha kuni "tez yordam" shifokori Zafar Qayumov va feldsher Timur Hikmatov chaqiruv bo‘yicha Karimovning uyiga uning bemor bolasini ko‘rgani kelgan.

Audioyozuvga ko‘ra, Zafar Qayumovning ishidan qanoatlanmagan Abdumalik Karimov bolani kasalxonaga olib ketishlarini talab qiladi, so‘ngra shifokorga zarba beradi. Mahalliy OAVning yozishicha, shifokor zarbadan yiqiladi va tibbiyot qutichasiga uriladi.

Respublika neyrojarrohlik markazidan xabar berilishicha, shifokorning peshona qismidagi yumshoq to‘qimalarga zarar yetgan, yopiq bosh suyagi-miya jarohatlanishi, miya chayqalishi, ko‘z soqqasi gematomasi, ichki qon quyilishi yuz bergan.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tez yordam stansiyasi xodimlarining aytishlaricha, Abdumalik Karimovning zo‘ravonligidan umumiy hisobda besh nafar "tez yordam" shifokori jabr ko‘rgan.

"Ularnikiga hech kim borishni istamaydi. Shu yilning avgustida Abdumalik Karimov Zafar Qayumovni urgan, shuning uchun bu safar u diktofon bilan borgan. Undan tashqari, Karimov yana to‘rt nafar shifokorni ham urgan", degan shifokorlardan biri.

Agar sudda Abdumalik Karimovning aybi isbotlansa u uch yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0