Rossiyalik harbiylar O‘zbekiston tog‘larida mashg‘ulot o‘tkazishadi

© Ministerstvo oboroni RFVoyennoslujashiy vo vremya konkursa na luchshee visokogornoe podrazdelenie Voorujennix Sil "Elbrusskoe kolso"
Voyennoslujashiy vo vremya konkursa na luchshee visokogornoe podrazdelenie Voorujennix Sil Elbrusskoe kolso - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari davomida tog‘lardagi noqonuniy qurollangan guruhlarni to‘xtatish va yo‘q qilish bo‘yicha hamkorlikdagi mashqlar bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Markaziy harbiy okrugning Tuva tog‘ motoo‘qchi bog‘lanmasi harbiylari 3-7 oktabr kunlari O‘zbekistonning Forish tog‘ poligonida bo‘lib o‘tadigan Rossiya-O‘zbekiston o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishadi, deb xabar berdi MHO matbuot xizmati.

Rossiya va Tojikiston hamkorligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari davomida tog‘lardagi noqonuniy qurollangan guruhlarni to‘xtatish va yo‘q qilish bo‘yicha hamkorlikdagi mashqlar bo‘lib o‘tadi.

Mashg‘ulotlarda Rossiyadan 150 nafarga yaqin harbiy o‘z qurollari va aloqa vositalari bilan qatnashishadi.

Forish poligoni 2000-yilda Nurota tizmasining Hayotboshi cho‘qqisi (dengiz sathidan 2169 metr balandlikda) qurilgan. Ushbu poligonda 2005-yilda shu kungacha yagona bo‘lib turgan O‘zbekiston-Rossiya antiterroristik mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0