O‘zbekistonda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi muassasalar tashkil etiladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishElektronniy urok v moskovskoy shkole
Elektronniy urok v moskovskoy shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur muassasalar bitiruvchilarga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beradi

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekistonda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati yanada rivojlantiriladi. Bu borada O‘zbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar o‘z faoliyatini davlat ta’lim standartlari va talablar asosida amalga oshiradi.

Ular o‘z faoliyatini aholiga pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, xayriya fondlari va grantlardan kelib tushgan mablag‘lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiradi.

Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Britaniyaning Lester universiteti Toshkentda oliy maktabini ochadi

E’tiborli jihati, mazkur muassasalar bitiruvchilarga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beradi.

Qarorda maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o‘qishga qabul qilishi belgilandi.

Keyingi yillarda o‘quvchilarni bepul (grant asosida) o‘qitishni davom ettirish bo‘yicha qaror nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan ta’lim oluvchining oilaviy sharoiti va uning akademik natijalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.

Aholiga nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan bino, obyektlar va inshootlar davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida o‘rnatilgan tartibda sotiladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar o‘z navbatida ta’lim jarayonini o‘qitishning eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda fanlarni chuqurlashtirib o‘rgatish yo‘nalishida tashkil etishlari lozim.

Deti i vospitateli detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Yangi bog‘chalar davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi

Bundan tashqari, o‘zlariga nom tanlashda O‘zbekistonning mashhur va buyuk olimlari, jamiyat arboblari ismlaridan o‘rnatilgan tartibda foydalanishlari, ilg‘or ilmiy-amaliy tajribani joriy etishlari hamda chuqurlashtirib o‘rganiladigan fanlarni chet tilida o‘qitish uchun ta’lim jarayoniga xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb qilishlari talab qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 2018/2019 o‘quv yili boshlangunga qadar har bir tuman (shahar)da maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan kamida bittadan yuridik shaxs tashkil etishlari belgilandi.

Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) ozod qilindi.

Bunda ozod qilinayotgan mablag‘lar ularni zamonaviy o‘quv vositalari bilan jihozlash, zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga maqsadli yo‘naltirilishi darkor.

Shkola, v kotoroy uchilsya Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi turdagi maktablar ishga tushiriladi

Shuningdek, ular mehnat shartnomasi asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislarning oylik ish haqidan yagona ijtimoiy to‘lovdan ham ozod qilindi.

Tijorat banklariga maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga boshlang‘ich mablag‘ni shakllantirish, bino va inshootlarni sotib olish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, zamonaviy o‘quv jihozlari va o‘qitish vositalarini sotib olish uchun 5-yildan kam bo‘lmagan muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavkada imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etildi.

Yangiliklar lentasi
0