London metrosida portlash sodir bo‘ldi – jabrlanganlar bor

© REUTERS / Kevin CoombsPolitsiya u stansii metro Parsons-Grin v Londone
Politsiya u stansii metro Parsons-Grin v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea joyiga shoshilinch tibbiy xizmat va yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib kelishdi

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. London metrosida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qildi RIA Novosti Sun gazetasiga asosan.

Nashrga ko‘ra, portlash natijasida bir nechta kishi yuz kuyish jarohatini olgan. Voqea joyiga shoshilinch tibbiy xizmat va yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib kelishdi. Guvohlarga ko‘ra, metro vagoni ichida oq konteyner portlab ketdi.

London poliyatsiyasi ushbu holatni tasdiqladi, lekin hozircha aniq ma’lumotlarni bermadi.

"Parsons-Grin metro bekatida ro‘y bergan hodisa haqida xabarimiz bor. Politsiya xodimlari voqea joyida ishlamoqda", — deb yozilgan London politsiyasining Twitterida.

Yangiliklar lentasi
0