"O‘zbekkino"da Yoshlar Ittifoqi vakili ish boshladi

© O‘zbekkinoDokumentalnie i xudojestvennie filmi "Uzbekkino"
Dokumentalnie i xudojestvennie filmi Uzbekkino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Furqat Alimardonov bir ovozdan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining "O‘zbekkino" Milliy Agentligidagi Yetakchilar kengashi raisi etib saylandi

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. 2017-yilning 14-sentabr kuni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining "O‘zbekkino" Milliy Agentligidagi Yetakchilar kengashi raisini saylash bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berildi "O‘zbekkino" milliy agentligi rasmiy saytida.

Paxta terimidagi yigitlar - Sputnik O‘zbekiston
Quronboyev paxta terimida yetakchilik qilayotgan yoshlar haqida ma’lumot berdi

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi vakili, shuningdek, "O‘zbekkino" Milliy Agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev hamda agentlik xodimlari ishtirok etgan.

Yig‘ilishda ko‘rsatilgan nomzodlar ichidan Furqat Alimardonov bir ovozdan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining "O‘zbekkino" Milliy Agentligidagi Yetakchilar kengashi raisi etib saylandi.

Nizomga muvofiq, ushbu xodim agentlik bosh direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0