Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Toshkent aeroportida Nazarboyevni kutib oldi

© Fotoxost-agentstvoPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Nazarboyevning davlat tashrifi doirasida davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari hamda Qozogʻiston-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent aeroportida Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevni kutib oldi, deb xabar berdi Akorda.

Oʻzbekiston poytaxtiga tashrif buyurganidan soʻng Qozogʻiston rahbari Mirziyoyev bilan hamrohlikda Oʻzbekiston xalqining umummilliy ramzi boʻlmish "Mustaqillik va ezgulik" monumentiga gul qoʻyish uchun yoʻl oldi.

Nazarboyevning davlat tashrifi davomida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari hamda Qozogʻiston-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala