Jamiyat

Nursulton Nazarboyev Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻydi

© Novosti Uzbekistana / Sherzod IkramutdinovV Tashkente otkrыli pamyatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu
V Tashkente otkrыli pamyatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik Oʻzbekiston
Nursulton Nazarboyev Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov koʻp yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Toshkent aeroportida Nazarboyevni kutib oldi

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Nursulton Nazarboyev Mustaqillik maydonining meʼmoriy yechimi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.

Prezidentlar Toshkentdagi Shayx Xovandi Tohur va Toʻlabiy (Qaldirgʻochbiy) maqbaralarini ziyorat qildi. Oʻtganlar haqiga Qurʼon tilovat qilinib, duo oʻqildi.

Ziyorat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qilib, ikki mamlakat hamkorligida yangi bosqich boshlanganini taʼkidladilar.

Nursulton Nazarboyev Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov koʻp yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi hamda buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻyib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala