Mirziyoyev va Nazarboyev tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta Respubliki KazaxstanPrezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev
Prezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida 16-sentabr kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

V Tashkente otkrili pamatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Nursulton Nazarboyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qozog‘istonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0