Jamiyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishEkipaj tanka T-72B3 armii Kazaxstana
Ekipaj tanka T-72B3 armii Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Avgust oyida Qozogʻiston va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor harbiy hamkorlik rejasini tuzdi

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Hujjat Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida imzolandi. Unga Oʻzbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov va Qozogʻiston mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri Beybut Atamkulov imzo chekdi.

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiy hamkorlikni muhokama qildi

"Kelishuvning amalga oshirilishi oʻzaro tenghuquqlilik va harbiy-texnika sohasidagi hamkorlik tamoyillari asosidagi ikki tomonlama hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi", — deyiladi hujjatga sharhda.

Joriy yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiy-texnika sohasidagi hamkorlikni faollashtirdi. Avgust oyida Qozogʻiston va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor harbiy hamkorlik rejasini tuzdi.

Ayni kunlarda Toshkentda Qozogʻiston mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Unda jumladan, Qozogʻiston harbiy sanoat majmuasi korxonalari oʻz mahsulotlari — zirhlangan avtomobillar, universal poligon qurilmasi, qoʻmondonlik-shtab mashinalari va radiorele stantsiyalari, radioaloqa vositalarini namoyish etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala