Jamiyat

Qozogʻistonda 2018 yil Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishDvorets Prezidenta "Ak orda" v Astane
Dvorets Prezidenta Ak orda v Astane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston yili doirasida Qozogʻistonda oʻzbek rassomlari koʻrgazmalari tashkil qilinadi, xalq ustalari hunarmandlik yarmarkalarida ishtirok etishadi, musiqa va teatr jamoalarining gastrollari uyushtiriladi

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Qozogʻistonda kelgusi yil Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilinadi, deya maʼlum qildi Qozogʻiston rahbari Nursulton Nazarboyev bugun boʻlib oʻtgan brifing chogʻida.

Prezidentы Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev va Nazarboyev tor doirada uchrashuv oʻtkazishdi

"Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarda madaniy-gumanitar aloqalar muhim oʻrin tutadi. Biz 2018 yilda Qozogʻistonda Oʻzbekiston yilini oʻtkazishga kelishib oldik. Shuningdek, Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili oʻtkazilishi ham belgilandi. Ushbu doirada xalqlarimiz birodarligini mustahkamlashga xizmat qiladigan turli tadbirlar tashkil etiladi", — dedi Nazarboyev.

2019 yilda Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston yili doirasida Qozogʻistonda oʻzbek rassomlari koʻrgazmalari tashkil qilinadi, xalq ustalari hunarmandlik yarmarkalarida ishtirok etishadi, musiqa va teatr jamoalarining gastrollari uyushtiriladi. Ostona, Almati va Qozogʻistonning boshqa viloyatlarida oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalari kunlari boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala