Jamiyat

Mirziyoyev va Nazarboyev oʻndan ortiq hujjat imzoladilar

© Sputnik / Bolat ShayxinovShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Mamlakatlar hududlarining toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalariga asos boʻladigan hujjatlar ham qabul qilindi

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Koʻksaroydagi muzokaralardan soʻng Oʻzbekiston — Qozogʻiston hamkorligining turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi, deb xabar berdi Oʻzbekiston prezidenti axborot xizmati.

Davlat rahbarlari Qoʻshma bayonot imzoladilar.

Shuningdek, Davlat chegaralari oʻtkazish punktlari va avtomobil yoʻllarini rekonstruktsiya qilish va modernizatsiyalash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasi, suvga oid munosabatlar sohasida hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasi, energetika sohasidagi hamkorlikning baʼzi masalalari toʻgʻrisida bitim, Harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aktsiyadorlik jamiyati bilan "Qazaqstan temir joli" Milliy kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik toʻgʻrisida bitimga imzo chekildi.

Dvorets Prezidenta Ak orda v Astane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qozogʻistonda 2018 yil Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilindi

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan Qiziloʻrda viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.

Tashrif doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan Qozogʻiston Respublikasi Aktobe viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida memorandum, Jizzax viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida memorandum, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan "Kazinform" xalqaro axborot agentligi oʻrtasida memorandum imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala