Siyosat

SamDUda Sharof Rashidovga yodgorlik lavhasi ochildi

© Sputnik / Penson / Fotobankka oʻtishPervыy sekretar TSK KP Uzbekistana SH.R.Rashidov
Pervыy sekretar TSK KP Uzbekistana SH.R.Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov 1937-1941 yillarda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Sharof Rashidov tahsil olgan bosh binosi peshtoqiga oʻrnatilgan yodgorlik lavhasi ochildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumati portali.

SH.R.Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Jizzaxda Sharof Rashidov byusti ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov 1937-1941 yillarda Samarqandda Oʻzbek davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil olgan. Talabaligidayoq universitet hayotida faol ishtirok etgan Sharof Rashidov filologiya fakulteti qoshidagi adabiy toʻgarakning isteʼdodli aʼzolaridan biri boʻlgan.

Sharof Rashidov keyinchalik viloyat, respublika idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan paytlarida ham qadrdon universitetiga tez-tez kelib turgan. Ustozlari, doʻstlarini yoʻqlagan, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatgan.

Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda oʻzbek xalqining sevimli farzandi ana shunday xotiralar bilan yodga olindi.

Viloyat jamoatchiligi vakillari, poytaxt va Jizzax viloyatidan kelgan mehmonlar, shoir va yozuvchilar ishtirok etgan tadbirda Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 27 martdagi "Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra mamlakatda ushbu sana munosabati bilan keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilayotgani taʼkidlandi.

Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanadi
Samarqand davlat universiteti rektori R.Xolmurodov, professorlar M.Joʻraqulov, H.Umurov, "Jizzax ovozi" gazetasi bosh muharriri A.Inomov va boshqalar Sharof Rashidovning ibratli hayot yoʻli va serqirra ijodi, Samarqandga mehri tufayli bu yerda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari, universitet bilan aloqasi haqida soʻz yuritdi.

"Samarqandda Sharof Rashidov bormagan, bu insonning eʼtibori bilan obod etilmagan mahalla, qishloq yoʻq, desak, mubolagʻa boʻlmaydi, — deydi "Nuroniy" jamgʻarmasi Samarqand viloyati boʻlimi raisi H.Normurodov. — Ayniqsa, u kishi olis qishloqlarda aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, odamlarning ogʻirini yengil qilishga alohida eʼtibor qaratgan. Viloyatimizdagi koʻplab chekka qishloqlarda u kishining tashabbusi bilan zamonaviy turar joylar, taʼlim va tibbiyot muassasalari bunyod etilgan".

Tadbirda Sharof Rashidovning qizi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Sayyora Rashidova otasi xotirasini abadiylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning boshida turgan Oʻzbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala