Siyosat

Mirziyoyev - Nazarboyevga: oʻrtamizda hal etilmagan masalalar qolmadi

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovGlava Kazaxstana Nursultan Nazarbayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Glava Kazaxstana Nursultan Nazarbayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Mirziyoyev qozogʻistonlik hamkasbini mamlakatlar oʻrtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun "El-yurt Hurmati" ordeni bilan taqdirladi.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentga davlat tashrifini uyushtirdi. Nazarboyev safari davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar olib bordi.

Ikki davlat yetakchilari iqtisodiy, madaniy va hatto harbiy sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida muhim masalalarni muhokama qildilar.

Bundan tashqari, Ostona va Toshkent mintaqadagi suv masalalari borasida aniq bir toʻxtamga keldilar.

Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev va Nazarboyev oʻndan ortiq hujjat imzoladilar
"Men shuni alohida taʼkidlab oʻtmoqchimanki, bu Qozogʻiston prezidenti bilan beshinchi uchrashuvimiz. Bizning munosabatlarimiz tarixida hali bunaqasi boʻlmagan. Bu bizning hamkorligimiz yangi umuman boshqacha darajaga chiqqanidan dalolat beradi. Misol uchun yanvar oyidan avgustgacha boʻlgan davrda tovar almashinuvi — 35%ga oʻsdi. Ishonchim komilki, muzokaralar natijalari ikki tomonlama munosabatlarga yangicha kuch bagʻishlaydi", — deb taʼkidlagan oʻz chiqishida Shavkat Mirziyoyev.

Oʻz navbatida Nursulton Nazarboyev mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikning yanada mustahkamlanishida oʻrtadagi toʻsiqlarning olib tashlanishi, chegaralarning ochilishi va valyutaning tartibga solinishi ham muhim rol oʻynashini taʼkidlab oʻtgan.

"Shaxsan oʻz nomimdan va qozoq xalqi nomidan oʻzbek xalqiga chin yurakdan farovonlik tilashimizni aytmoqchiman. Biz sizni nafaqat ikkiyoqlama munosabatlar doirasida, balki xalqaro siyosatda ham qoʻllab-quvvatlaymiz", — deb aytgan oʻzining javob soʻzida Nursulton Nazarboyev.

Oʻzbekiston prezidenti Mirziyoyev qozogʻistonlik hamkasbini mamlakatlar oʻrtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun "El-yurt Hurmati" ordeni bilan taqdirladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala