Iqtisod

Plastik kartochkalar chiqarish va terminal ijaraga olish arzonlashdi

© Sputnik / Ruxkyan / Fotobankka oʻtishOplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Markaziy banki plastik kartochkalar amaldagi tariflar rejasiga oʻzgarishlar kiritdi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki "soʻm" plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda amaldagi tavsiyaviy tariflar rejasiga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritdi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.

Toʻlov terminallari ijarasi yuridik shaxsllar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 5 va 2.5 yevro oʻrniga 25 ming va 15 ming soʻm deb belgilandi. 

VISA va MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tadbirkorlar plastik kartochkadan oʻz ixtiyoricha foydalanishi mumkin

Yoʻqotilgan yoki shikastlangan plastik kartochkalari oʻrniga yangi kartochka berish narxi, jismoniy shaxslar uchun 10 ming soʻm, yuridik shaxslar uchun 15 ming soʻm etib belgilandi. Oldin 5 va 10 yevro edi.

Jismoniy shaxslar uchun plastik kartochkalarini (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va oilaviy kartochkalar)ni emissiya qilish, plastik kartochkalarni blokirovka (shu jumladan, "stop-list"ga) qoʻyish va chiqarish kabi xizmatlar bepul koʻrsatiladigan boʻldi.

Ushbu oʻzgarish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston prezidentining "Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori va "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoni doirasida qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala