Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

© president.uzShavkat Mirziyoyev i Gurbangulы Berdimuxamedov
Shavkat Mirziyoyev i Gurbangulы Berdimuxamedov - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda Turkmaniston prezidenti Osiyo oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilarga omad tiladi.

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni Turkmanistonga keldi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisi oʻrinbosari Yesinmirat Orazgeldiyev kutib oldi.  

Undan soʻng Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Samimiy ruhda oʻtgan muloqotda mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani va qayd etildi. Turkmaniston prezidenti Osiyo oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilarga omad tiladi.

Rasmiy kutib olish marosimidan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi. Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabrda Ashxobodda Yopiq inshootlarda va jang sanʼatlari boʻyicha V Osiyo oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala