Dunyoda

Rossiyada telefon terrorchiligi avj oldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishSlujebnыe sobaki kinologicheskoy slujbы
Slujebnыe sobaki kinologicheskoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Federatsiyasida besh kundan buyon "minalashtirilgan" obʼyektlar haqida anonim qoʻngʻiroqlar boʻlmoqda. Yoppasiga avj olgan telefon-terrorchiligi oqibatida Rossiya iqtisodiyotiga 1 milliard rubl zarar yetkazilgan

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Shanba kuni kelib tushgan "Minalashtirilgan" degan xabarlardan keyin Rossiyaning 11 subʼyektlaridan 21 ming kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbadan olingan xabar asosida.

"Soat 21.30 holatiga koʻra, Rossiya Federatsiyasining 11ta subʼyektlariga temiryoʻl va avtovokzallar, ijtimoiy ahamiyatga ega obʼyektlar hamda Moskvadagi Qizil maydonni portlatish tahdidi bilan 57ta anonim qoʻngʻiroq kelib tushgan", — deb qayd etgan manba.

Voyennoslujaщiy vo vremya konkursa na luchsheye vыsokogornoye podrazdeleniye Voorujennыx Sil Elbrusskoye koltso - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyalik harbiylar Oʻzbekiston togʻlarida mashgʻulot oʻtkazishadi
Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, 21 ming nafardan ziyod kishi evakuatsiya qilingan.

"Barcha obʼyektlar tekshirilgan, portlash xavfi tasdiqlanmadi", — deb taʼkidlagan u.

Rossiya boʻylab besh kundan beri turli maʼmuriy binolar va savdo majmualarining "minalashtirilgani" toʻgʻrisida anonim qoʻngʻiroqlar tinmayapti. Chorshanba kuni bu holat Moskvagacha yetib keldi. Poytaxtga kelib tushgan anonim qoʻngʻiroqlarda 50ta obʼyektlarning "minalashtirilgani" xabar qilingan. Ular orasida vokzallar, yirik savdo markazlari boʻlgan. 40 mingdan ziyod kishi mana shu qoʻngʻiroqlar tufayli evakuatsiya qilingan.

Anonim qoʻngʻiroqlar tufayli mamlakatda jami 130 ming kishi evakuatsiya qilingan. Rossiya davlat Dumasi Mudofaa qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Yuriy Shvitkinning soʻzlariga koʻra, yoppasiga avj olgan telefon terrorchiligi oqibatida Rossiya iqtisodiyotiga 1 milliard rubl zarar yetkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala