Siyosat

Mirziyoyev va Nazarboyev muhim hujjatlar imzoladilar

Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarbayev 16-17 sentyabr kunlari Oʻzbekistonda davlat tashrifi bilan boʻldi.

Nursultan Nazarbayevning davlat tashrifi davomida oʻndan ortiq muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida, savdo-iqtisodiy, harbiy va oʻta muhim boʻlgan suv manbaalaridan foydalanish haqidagi shartnomalar bor.

"Oʻrtamizda hal etilmagan masala qolmadi", — dedi muzokaralar soʻnggida Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga.

Respublika rahbarlari oxirgi 9 oy davomida Oʻzbekiston va Qozogʻiston orasida tovar ayrboshlash darajasi keskin oʻsganini ham qayd etishdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev oʻz hamkasabasini ikki davlat orasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun nufuzli "El-yurt Xurmati" ordeni bilan mukofotladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala