Shavkat Mirziyoyev V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

© ashgabat2017.comV Aziatskie Igri seremoniya otkritiya
V Aziatskie Igri seremoniya otkritiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
V Osiyo o‘yinlarida 60 dan ortiq mamlakatdan sportchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida 189 sportchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham bor.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Ashxobodda o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

Ochilish marosimi Ashxobodagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun muhtasham sport majmuasida  ko‘plab mamlakatlardan kelgan davlat va hukumat rahbarlari, Osiyo olimpiya kengashi rahbariyati, faxriy mehmonlar va 45 ming tomoshabin jamlandi. 

Tadbir boshida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Osiyo o‘yinlarini rasman ochiq, deb e’lon qildi. Shundan so‘ng Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh barchani ushbu sport bayrami bilan qutladi. So‘ngra Osiyo o‘yinlari madhiyasi yangradi.  

Olimpiya bayrog‘i ko‘tarilib va mash’alasi yoqilganidan so‘ng, an’anaga muvofiq, stadionga ishtirokchi davlatlar sport delegatsiyalari kirib kela boshladi.

© ashgabat2017.comV Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi
V Aziatskie Igri, seremoniya otkritiya - Sputnik O‘zbekiston
V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi
O‘zbekiston sportchilar delegatsiyasi 189 sportchidan iborat bo‘lib, ular sportning 20 turi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etishadi. Davlat bayrog‘ini og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Ulug‘bek Alimov ko‘tarib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida 60 dan ortiq mamlakatdan sportchilar ishtirok etmoqda. Turkmaniston hukumati ushbu nufuzli xalqaro sport anjumanini yuksak saviyada o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Sportchilar va murabbiylar yashashi, mashg‘ulotlar o‘tkazishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

© ashgabat2017.comV Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi
V Aziatskie Igri, seremoniya otkritiya - Sputnik O‘zbekiston
V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi
Yangiliklar lentasi
0