Jamiyat

Nikolay II davrining oltin tangasini sotmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishEksponat iz kollektsii Goxrana Rossii
Eksponat iz kollektsii Goxrana Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston markaziy banki ekspertlari xabariga koʻra oltin tangalar 1898 - 1903 yillarda ishlab chiqarilgan.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyati MXX xodimlari antikvar buyumlarning noqonuniy savdosi bilan shugʻullanuvchilarni qoʻlga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida qiymati 10 rubl boʻlgan 36ta oltin tangani 12,2 ming dollar evaziga sotishni rejalashtirgan Koson tumanida yashovchi 35 yoshli Bobir Nomatov va 34 yoshli Qarshilik Farxod Maxmudovlar qoʻlga olingan. Tekshiruv vaqtida ularning choʻntaklaridan yana 4ta ana shunday tanga topilgan.

"Ekspertiza oʻtkazish uchun tangalar Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probir palatasiga topshirilgan. Ekspertiza 40 ta tanga 900 probali oltindan yasalganini va ularning umumiy ogʻirligi 343,5 grammligini hamda tangalar 1898 — 1903 yillarda ishlab chiqarilganini koʻrsatdi", — dedi muassasa vakili.

Qashqadaryo viloyatining Soliq va valyuta jinoyatlari boʻlimi ushbu ish yuzasida jinoiy ish qoʻzgʻatdi.

© skladmonetNikolay II davrining oltin 10 rubli
Zolotaya moneta vremen Nikolaya II - Sputnik Oʻzbekiston
Nikolay II davrining oltin 10 rubli

Internetdan olingan qoʻshimcha maʼlumotlarga koʻra, ushbu tangalar Chor Rossiyasida Nikolay II davriga taaluqlilik ehtimoli juda katta. Nikolay II davrida ishlab chiqarilgan oltin tanganing diametri 22,5 mm, qalinligi 1,7 mm, ogʻirligi 8,6 gramm, tiraji 6 mln dona. Bugungi kunda ushbu tangalar saqlanib qolgan holatiga qarab 350-650 dollar turadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala