Siyosat

Oʻzbekiston Bangladeshga eng katta insonparvarlik yordamlaridan birini yubordi

© BDRCSGumanitarnaya pomoщ Uzbekistana Bangladeshu
Gumanitarnaya pomoщ Uzbekistana Bangladeshu - Sputnik Oʻzbekiston
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston vakillari ushbu zarur mahsulotlar va insonparvarlik yordamini bugun soat 11.00 da Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining milliy bosh qarorgohida topshiradi

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatiga Rohinya qochqinlari uchun insonparvarlik yordami sifatida zarur mahsulotlarni topshiradi.

Qochoqlar Bangladesh-Myanma chegarasini kesib oʻtishmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Myanmadagi qochqin musulmonlarga insonparvarlik yordamini yuboradi - TIV bayonoti
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati Myanmaning Rakxayn shtatidan Bangladeshga qochib oʻtgan odamlar uchun Oʻzbekistondan yuborilgan eng katta insonparvarlik yordamlaridan birini qabul qilib oladi. Ehtiyojga muhtoj 8 ming oilaning har biri (taxminan 50 ming kishi) Oʻzbekistondan yuborilgan 14 turdan ziyod oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar, jumladan, guruch, shakar, yeryongʻoq, sut kukuni, pechenye, chivinga qarshi toʻr, ayollar, erkaklar va bolalar uchun kiyim-kechaklar (sari, lungi, futbolka), koʻrpa-toʻshak, oyoq kiyimlari, asosiy dori-darmon vositalari va mineral suv bilan taʼminlanadi.

Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston vakillari ushbu zarur mahsulotlar va insonparvarlik yordamini bugun soat 11.00 da Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining milliy bosh qarorgohida topshiradi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali Bangladesh Qizil yarimoy jamiyati rasmiy sahifasida berilgan maʼlumotlar asosida.

Etnicheskiy Roxindja s veщevыm meshkom na golove okolo Bangladeshskoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Myanma harbiylari qochqinlar qaytib kelmasligi uchun Bangladesh chegarasida minalar qoʻymoqda
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisi Hafiz Ahmed Majumder insonparvarlik yordamini Oʻzbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyevdan qabul qilib oladi.

Tadbirda Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisining oʻrinbosari Habib Millat, gʻaznachi advokat Touhidur Rahman, Boshqaruv kengashi aʼzosi, Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati Bosh kotibi Mojarul Huq, Oʻzbekiston va Bangladesh vakillari ishtirok etadi.

Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisi Hafiz Ahmed Majumder Oʻzbekiston rahbariyatiga Myanmaning Rakxayn shtati qochqinlari uchun yuborilgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala