Iqtisod

Oʻzbekiston Rossiya va Qozogʻistondan 1 mln tonna neft olib keladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRabota bazы nefteproduktov. Arxivnoye foto
Rabota bazы nefteproduktov. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
2017 yil sentyabr oyida Omsk-Pavlodar-Shimkent neft quvuri orqali sinov tariqasida 30 tonna neft olish kelish koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. "Oʻzbekneftegaz" AJ tomonidan 2018 yilda milliy neftini qayta ishlash zavodlari uchun Rossiya va Qozogʻistondan bir million tonnagacha neft mahsulotlarni import qilishni rejalashtirilgan. Bu haqda RIA Novostiga kompaniya boshqaruv raisi Alisher Sultonov maʼlum qildi.

Nefteperabatыvayuщiy zavod - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Enter Engineering kompaniyasi Jizzaxda neftni qayta ishlash zavodi quradi

"2017 yilda sentyabr oyida tajriba tariqasida 30 ming tonna neft va yil yakuniga qadar 200 ming tonnaga neftni olib kelish koʻzda tutilgan. Kelgusi yilda bu koʻrsatkichni bir million tonnaga yetkazamiz. Rossiyalik sheriklar bilan Hukumatlararo bitim tayyorlanmoqda. Qozogʻiston bilan bitim mavjud", — dedi Sultonov.

"Oʻzbekneftegaz" rahbari Omsk-Pavlodar-Shimket neft quvuri orqali sinov tariqasida amalga oshirilishi haqida eslatib oʻtdi. Keyinchalik Oʻzbekistonga neft quyma temir yoʻl orqali amalga oshiriladi.

"Bu Rossiya energentika vazirligi va Transneft kompaniyasi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan", — deb taʼkidladi Sultonov.

Bundan avval "Transneft" vitse prezidenti Sergey Andronov kompaniya jurnaliga bergan interyusida, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga Qozogʻiston hududi orqali yiliga 0,5 mln tonna neft mahsulotlarini yetkazib berish mumkinligini tasdiqlagan edi.

Neftyanaya platforma - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mingbuloq neft koni ishga tushirilib, 130 dan ziyod ish oʻrni yaratildi
Sultonovga koʻra, "Oʻzbekneftegaz" 2018-2020 yillarda bir million tonnagacha xom neftni import qilinadi. 2021 yildan Jizzax viloyatida neft qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi bilan bu koʻrsatkichni 5 million tonnagacha ortadi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil aprel oyida Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd dollarlik neftni qayta ishlash majmuasini qurish ishlari boshlashiga bagʻishlangan tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Iyun oyida Gas Project Development Central Asia AG (40%) va "Oʻzbekneftegaz" (60%) Jizzah Petroleum korxonasi tashkil etilgan edi. Bosh pudratchi Gazprombank guruhi tomonidan nazoratga olingan Enter Engineering boʻldi. Ushbu majmua yiliga 5 mln tonna uglevodorodlarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻladi. Unga xom ashyo asosan Rossiya va Qozogʻistonddan yetkaziladi. Majmuaga 100 km boʻlgan Qozogʻiston hududidan oʻtuvchi Omsk-Pavlodar-Shimkent neft quvuri orqali yetkaziladi.

Bundan avval Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozogʻiston Oʻzbekistonga yiliga bir million tonnagacha neft mahsulotlarni yetkazib berishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala