Dunyoda

Rogʻun GESi Gʻarb beradigan pul evaziga qurib bitkaziladi

© president.tjRogʻun GESi qurilishi
Rogʻun GESi qurilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dushanbe "asr qurilishi" ni tugallash uchun kerakli toʻrt milliard dollarning bir milliardini qarzga olishni rejalashtirgan

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Rogʻun GESi Gʻarb tomonidan beriladigan pullar evaziga qurib bitkaziladigan boʻldi.

Emomali Raxmon na stroitelnoy ploщadke Rogunskoy GES - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov Rogʻun GESi boʻyicha Oʻzbekiston pozitsiyasini tushuntirdi

Tojikiston davlat obligatsiyalarining 500 million dollar qiymatdagi paketi AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidagi sarmoyadorlar tomonidan xarid qilindi, deb xabar berdi Tojikiston Milliy banki.

Pullar Rogʻun GESi qurilishini bitkazish uchun sarflanishi aytilmoqda.

Dushanbe "asr qurilishi" ni tugallash uchun zarur boʻlgan toʻrt milliard dollarning bir milliardini qarzga olishni rejalashtirgan.

Mamlakat Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, "Rogʻun GESi" OAJ aktsiyalari sotuvidan aholidan 80 million dollardan ortiq mablagʻ yigʻib olingan.

Yangiliklar lentasi
0