Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar oʻtkazadi

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun AQShga joʻnab ketdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining birinchi kunida soʻzga chiqadi
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq soʻzlaydi. Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar oʻtkazadi.

Oʻzbekiston rahbari, shuningdek, keng doiradagi Oʻzbekiston — Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari boʻyicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda koʻplab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala