Toshkentda uch oy aliment to‘lamagan erkakka qamoq jazosi berildi

© Sputnik / Konstantin RodikovZaderjanniy na zasedanii suda
Zaderjanniy na zasedanii suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, Saydullayev voyaga yetmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni boqish va tarbiyalash uchun zarur aliment pulidan bo‘yin tovlab, uni jami uch oydan buyon to‘lamay kelgan

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Toshkentda uch oydan beri aliment to‘lamagan er qamoqqa olindi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" nashri.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahar Sergeli tuman sudi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda sayyor sud majlisi tashkil etilgan.

Ona va bola - Sputnik O‘zbekiston
Aliment to‘lamaganlar qay tarzda jazolanadi? O‘zbekistonda yangi qonun muhokama qilinmoqda
Majlisda aliment pulini to‘lashdan bosh tortgan Muhiddin Saydullayev ishi ko‘rib chiqilgan.

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, Saydullayev voyaga yetmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni boqish va tarbiyalash uchun zarur aliment pulidan bo‘yin tovlab, uni jami uch oydan buyon to‘lamay kelgan.

Sud majlisida davlat ayblovchisi suddan Saydullayev jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanmagani va jabrlanuvchining da’vosi borligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan kafillikni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirishni so‘radi.

Sud ushbu iltimosnomani muhokama qilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash haqida hukm chiqardi.

Ilgariroq O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga qo‘shimcha band kiritilayotgani, unga ko‘ra 2017-yil 1-iyuldan boshlab bir oydan ortiq aliment to‘lovlarini to‘lamagan shaxslarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoqqa olish chorasi qo‘llanilishi haqida xabar qilgan edik.

Bu voyaga yetmaganlarni boqish yoki ishlashga layoqati bo‘lmagan va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onalarga tegishli bo‘ladi.

Shuningdek, alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlash faqat takroran sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortiladi, ya’ni 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo choralarini ko‘llash belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0