Toshkentda amerikaning Vebster universiteti filiali ochiladi

Obuna bo‘lish
Bu Vebster universitetining MDHagi birinchi filiali bo‘ladi.

TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Toshkentda Amerikaning Vebster universitetining filiali paydo bo‘ladi. Bu haqidagi shartnoma Shavkat Mirziyoyevning AQShga bo‘lgan safari davomida O‘zbekiston vakillari va amerika OTMi rahbariyati tomonidan imzolandi.

Vebster xususiy universiteti 1915 yilda tashkil qilingan. Universitetning asosiy kampusi AQShning Missuri shtatida joylashgan. Bugungi kunda Vebster universiteti filiallari Yevropaning London, Leyden, Vena va Jeneva shaharlarida va Osiyoning tailand va Shanxay shaharlarida ochilgan. Universitetning barcha filiallarida ta’lim ingliz tilida yagona dastur bo‘yicha olib boriladi.

Toshkentdagi Vebster universitetining filiali MDHda birinchi bo‘ladi. 2018-yilgi holatda, Vebster dunyoning eng yaxshi 50, 100 va 200 universitetlari reytingidan o‘rin olmagan, Topunivercities ma’lumotiga asosan.

 

Yangiliklar lentasi
0