MXX O‘zbekiston bo‘ylab valyutafurushlarga qarshi reydlar o‘tkazdi

© Sputnik / NewsTeamDollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami
Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tezkor xodimlar noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga olishdi

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda respublika viloyatlarida valyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Kuch ishlatish tizimi vakilining aytishicha, tezkor xodimlar Nukus shahridagi dehqon bozori hududida Kuatbay Yuldashev, Isoq Ubaydullayev va Raj Allamjarovni bir dollarni 8250 so‘mdan hisoblab 2 ming dollarni almashtirayotganida qo‘lga olishgan. Maxsus operatsiya chog‘ida ularning yonidan chiqqan 2 ming dollar va 796 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olingan.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
MXX O‘zbekistonni noqonuniy valyutafurushlardan tozalayapti

Farg‘ona viloyatida MXX xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar vakillari bilan birgalikda Oltiariq tumani Qachug‘ay qishlog‘i hududida bir dollarni 8050 so‘mdan hisoblab 8 ming dollarni noqonuniy almashtirayotgan Javlonbek Ergashevni ushlashgan.

"Ergashevning mashinasi ko‘zdan kechirilganida uning ichidan 14,7 ming dollar va 16,7 million so‘m topilgan. Tergovgacha surishtiruv chog‘ida u mijoz Muhammad Rasulov bilan uchrashgani va unga 11,8 ming dollarni 95 million so‘mga almashtirib bergani aniqlandi", — dedi MXX vakili.

Rasulovning mashinasidan u Ergashevdan olgan 95 million so‘m topildi. U o‘z aybini tan oldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament K.Yuldasheva, I.Ubaydullayeva, R.Allamjarov, J.Ergashev va M.Rasulovlarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 177-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0