Siyosat

Mirziyoyev Amerikadagi oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi

© VYACHESLAV OSELEDKO / AFPPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshish istagida boʻlgan barcha chet eldagi yurtdoshlarimizni Oʻzbekistonga taklif etaman, dedi davlatimiz rahbari. Men ularni qoʻllab-quvvatlashga va har tomonlama ragʻbatlantirishga tayyorman", - deb aytgan prezident uchrashuv chogʻida

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qoʻshma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston Hukumat portali xabar qildi.

Igor Nikolaychuk - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Siyosiy ekspert: Shavkat Miromonovich barchaga xush keldi
"Buyuk mutafakkirlar zamini boʻlgan Oʻzbekiston farzandlari bugungi kunda ham yuksak bilim va salohiyatini dunyoga namoyon etmoqda. Jumladan, koʻplab yurtdoshlarimiz AQShda yashab, oʻz sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Ular orasida olimlar, ishbilarmonlar, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari, talabalar bor", — deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston prezidenti Amerika Qoʻshma Shtatlarida yurtdoshlar bilan uchrashib turganidan gʻoyat xursandligini izohor qilgan.

"Men ushbu tashrif chogʻida sizlar bilan chin dildan, samimiy suhbatlashishni avvaldan rejalashtirib qoʻygan edim. Vatandan yiroqda, musofirchilikda oʻz oʻrnini topish va haqli eʼtirof qozonish naqadar mashaqqatli ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz. Bunday katta yutuqlarga erishish har kimga ham nasib etavermaydi. Bugun sizlar bilan ochiq muloqot qilib, sizlar bilan yaqindan tanishish, mamlakatimiz oldida turgan katta-katta vazifalarni amalga oshirish borasidagi fikr va mulohazalaringiz, takliflaringiz bilan oʻrtoqlashish gʻoyat muhim, deb hisoblayman", — deb qoʻshimcha qilgan Mirziyoyev.

Oʻzbekiston rahbari 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasining ahamiyati haqida soʻzlagan. Sud-huquq, moliya, kichik biznes, turizm, tibbiyot sohalaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlum qilgan.

Oʻzbekistonda aholini uy-joy bilan taʼminlash, ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash boʻyicha ulkan ishlar boshlangani taʼkidlandi. Oʻzbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining yoshlar huquq va manfaatlarini taʼminlash borasidagi faoliyati haqida soʻz borgan.

Mirziyoyev uchrashuvga kelgan har bir oʻzbekistonlik hayoti va faoliyati bilan qiziqqan.

Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga daxldor boʻlish, zamonaviy bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yoʻnaltirishga daʼvat etgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vыstupil na 72-y Genassambleye OON - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqi
"Mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshish istagida boʻlgan barcha chet eldagi yurtdoshlarimizni Oʻzbekistonga taklif etaman, dedi davlatimiz rahbari. Men ularni qoʻllab-quvvatlashga va har tomonlama ragʻbatlantirishga tayyorman", — deb aytgan prezident.

Soʻngra, barchangizning mamlakatimizni rivojlantirishga sidqidildan hissa qoʻshishga tayyor ekaningizni koʻrib, chin dildan mamnun boʻlib turibman. Hammamiz jonajon Vatanimiz ravnaqi yoʻlida bir yoqadan bosh chiqarib birlashsak, oldimizga qoʻygan har qanday yuksak marraga albatta yetishimizga ishonaman, deb qoʻshimcha qilgan.

Uchrashuvga yigʻilganlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini qayd etgan. Xorijda yashayotgan yurtdoshlarga qaratayotgan eʼtibori uchun minnatdorlik bildirishgan. Oʻzbekistonning har tomonlama rivojlantirishga hissa qoʻshishga tayyor ekanliklarini taʼkidlashgan.

Yangiliklar lentasi
0