Siyosat

Shavkat Mirziyoyev bizni olib ketgani kelgan ekan - AQShda yashayotgan Nodir Zokirov hikoyasi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
20 sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashab, mehnat qilib kelayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashgan va ularni Oʻzbekistonga qaytishga chorlagan edi

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va AQShda yashab kelayotgan oʻzbekistonliklar oʻrtasidagi uchrashuv qanday kechgani, Oʻzbekiston rahbari yigʻilganlarga nimalar degani va qanday takliflar kiritgani haqida Qoʻshma Shtatlarda istiqomat qilib kelayotgan Nodir Zokirov oʻzining Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi akkaunti orqali soʻzlab berdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Amerikadagi oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi
Zokirovning video orqali aytgan soʻzlariga qaraganda, Mirziyoyev Amerikadagi vatandoshlar bilan uchrashuvda ularga "Kelinglar, ochiqchasiga gaplashamiz, kim qanday menga yelkadosh boʻlib, islohotlarga yordam berishga, Oʻzbekistonga qaytib (shu jarayonda) qatnashishga tayyor?", — deb ularga murojaat qilgan.

Oʻzbekiston prezidenti Amerikadagi vatandoshlarga ularni olib ketmoqchi ekanini aytgan. "Kimdan kim keladigan boʻlsa men hamma biletlarini oli beraman, Oʻzbekistondan uy-joy qilib beraman va hattoki oʻsha Amerikadagi oyliklarni toʻlab beraman", — deb qoʻshimcha qilgan Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Oʻzbekiston prezidenti AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0