Shoir Usmon Qo‘chqor vafot etdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishChinnigul
Chinnigul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxorolik shoir Usmon Qo‘chqor vafot etdi

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Buxorolik shoir Usmon Qo‘chqor vafot etdi. Bu haqda Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron xabar berdi.

O‘lmas Jamol - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek ijodkorlari tojikistonlik shoir O‘lmas Jamol oilasiga ta’ziya bildirishdi
"Bugun tongda taniqli shoir va tarjimon Usmon Qo‘chqor vafot etdi. Usmon Qo‘chqor yaxshi inson, iste’dodli shoir, mahoratli tarjimon edi. Hech nima da’vo qilmasdan, indamasdan ijod qildi. Garchi yuragida dardi ko‘p bo‘lsa-da, uni hammaga ochavermadi, faqat va faqat she’riga ishondi. Inna lillahi va ilahi rojiun. Olloh rahmatiga olsin! Do‘stimizning oila azolariga xamdardlik bildiramiz", — deb yozgan Xurshid Davron o‘z akkauntida.

O‘zbekiston ahli shoir yaqinlariga hamdardlik bildirmoqda.

Shoir Usmon Qo‘chqor 1953-yil 15-iyulida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1975).

Yangiliklar lentasi
0