Jamiyat

Oʻzbekistonda aliment toʻlovchilar uchun yengilliklar berish rejalashtirilmoqda

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda alimentni vijdonan toʻlayotgan otalar xorijga chiqish paytida muammoga duch kelishmoqda

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Parlament quyi palatasi deputatlari aliment toʻlash bilan bogʻliq qator muammoli masalalarni hal qilishga qaratilgan qaonun loyihasini birinchi oʻqishda maʼqulladilar, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda respublikada shunday amaliyot mavjudki, alimentni vijdonan toʻlayotgan otalar xorijga chiqish paytida muammoga duch kelishmoqda. Bu esa qonunchilikda koʻzda tutilgan meʼyorga bogʻliq, yaʼni sud ijrochisi oʻz tashabbusi bilan xorijga chiqishga taqiq qoʻyishi mumkin. Bunda xorijga chiqishga taqiq qoʻyilgan shaxs hatto xabardor ham qilinmaydi.

Zaderjannыy na zasedanii suda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda uch oy aliment toʻlamagan erkakka qamoq jazosi berildi

Oqibatda xorijga chiqishga shaylangan shaxs aeroportda roʻyxatdan oʻtish chogʻida noxush holatga roʻbaroʻ keladi — uni samolyotga qoʻyishmaydi. Bu holatda biron narsani isbotlashning ham foydasi yoʻq. Natijada ortiqcha ovoragarchilik, asabbuzarlik yuzaga keladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti Virtual qabulxonasiga aliment toʻlovi bilan bogʻliq murojaatlar koʻplab tushayotganligi ham bu borada muammolar mavjudligini koʻrsatib turibdi.

Shu bois deputatlar ushbu muammolarni hal qilishni rejalashtirishmoqda. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi qonun chet elga chiqishga oid cheklovni olib tashlash uchun alimentlarni oldindan toʻlash yoki alimentlarni toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish imkonini beruvchi meʼyor bilan toʻldirilmoqda. Shu tarzda aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxslarning xorijga chiqish huquqlarini amalga oshirish uchun aliment olish huquqiga ega boʻlgan bolalarning manfaatlarini buzmagan holda shart-sharoitlar yaratilmoqda, deb hisoblashmoqda deputatlar.

Deputatlarning fikricha, hozirda asosiysi aliment toʻlovchini jazolash emas, balki alimentlar toʻlanishini taʼminlashdir. Shu sababli qonun loyihasida aliment toʻlashdan boʻyin tovlash muddatini uch oydan ikki oyga qisqartirish, qarzdorlik toʻliq bartaraf etilganida aybdorga jarima toʻlash jazosini butkul olib tashlash va uni javobgarlikdan ozod qilish ham taklif qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala