O‘zbekistonda aliment to‘lovchilar uchun yengilliklar berish rejalashtirilmoqda

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda alimentni vijdonan to‘layotgan otalar xorijga chiqish paytida muammoga duch kelishmoqda

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Parlament quyi palatasi deputatlari aliment to‘lash bilan bog‘liq qator muammoli masalalarni hal qilishga qaratilgan qaonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladilar, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda respublikada shunday amaliyot mavjudki, alimentni vijdonan to‘layotgan otalar xorijga chiqish paytida muammoga duch kelishmoqda. Bu esa qonunchilikda ko‘zda tutilgan meyorga bog‘liq, ya’ni sud ijrochisi o‘z tashabbusi bilan xorijga chiqishga taqiq qo‘yishi mumkin. Bunda xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgan shaxs hatto xabardor ham qilinmaydi.

Zaderjanniy na zasedanii suda - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda uch oy aliment to‘lamagan erkakka qamoq jazosi berildi

Oqibatda xorijga chiqishga shaylangan shaxs aeroportda ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida noxush holatga ro‘baro‘ keladi — uni samolyotga qo‘yishmaydi. Bu holatda biron narsani isbotlashning ham foydasi yo‘q. Natijada ortiqcha ovoragarchilik, asabbuzarlik yuzaga keladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti Virtual qabulxonasiga aliment to‘lovi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘plab tushayotganligi ham bu borada muammolar mavjudligini ko‘rsatib turibdi.

Shu bois deputatlar ushbu muammolarni hal qilishni rejalashtirishmoqda. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonun chet elga chiqishga oid cheklovni olib tashlash uchun alimentlarni oldindan to‘lash yoki alimentlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish imkonini beruvchi meyor bilan to‘ldirilmoqda. Shu tarzda aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslarning xorijga chiqish huquqlarini amalga oshirish uchun aliment olish huquqiga ega bo‘lgan bolalarning manfaatlarini buzmagan holda shart-sharoitlar yaratilmoqda, deb hisoblashmoqda deputatlar.

Deputatlarning fikricha, hozirda asosiysi aliment to‘lovchini jazolash emas, balki alimentlar to‘lanishini ta’minlashdir. Shu sababli qonun loyihasida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash muddatini uch oydan ikki oyga qisqartirish, qarzdorlik to‘liq bartaraf etilganida aybdorga jarima to‘lash jazosini butkul olib tashlash va uni javobgarlikdan ozod qilish ham taklif qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0