Jamiyat

Oʻzbekistonga Britaniya TIV doimiy kotibi tashrif buyuradi

Saymon Makdonald uch kun davomida hukumat va respublika parlamenti vakillari bilan muzokaralar oʻtkazadi

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi doimiy kotibi Saymon Makdonald 24-26 sentyabr kunlari ishchi tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Salom, London: Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida viza olish tartibi soddalashtiriladi

Britaniyaning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Saymon Makdonald Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markazda uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi.

U shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashishi hamda Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi koʻzda tutilgan.

Saymon Makdonald 1982 yilda diplomatik faoliyatini boshlagan va Berlin, Ar-Riyod, Bonn, Vashington va Tel-Avivda ishlagan, shuningdek, Britaniya TIVda qator lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala