Qoniqarsiz faoliyati bois ikki deputatning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi

Obuna bo‘lish
Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan boshqa deputatlarning ham masalasi ko‘rib chiqilyapti

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman Kengashi deputatlari Mashrabboy Abduvahobov va Abdusalom Mirrahimovning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi, deb xabar berdi uz24.uz "XXI asr" gazetasiga asoslanib.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev deputatlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni buyurdi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Faxriddin Abdusattorovning so‘zlariga ko‘ra, ularni deputatlikdan muddatidan avval chaqirib olish haqida Xalq deputatlari tuman Kengashiga yozma ravishda murojaat qilingan. Bunga ikki deputatning zimmasidagi burch va mas’uliyatga sovuqqonlik bilan qaragani sabab qilib keltirilgan.

"Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan boshqa deputatlarimizning ham masalasi ko‘rib chiqilyapti", — degan F.Abdusattorov.

O‘zLiDePdan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga 19 nafar, tuman va shahar kengashlariga esa 107 nafar deputat saylangan.

Mas’ullarning ma’lum qilishicha, viloyat Kengashidagi deputatlardan 2 nafari, tuman va shahar kengashlaridagi partiya vakillaridan 11 nafari partiya bilan aloqani butkul uzib qo‘ygan.

Yangiliklar lentasi
0