Hodisalar

Toshkentda 177 ming dollarni oʻmargan talonchilar qoʻlga olindi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni X.Saydullayev, M.Saidov va N.Nasriddinov sodir etganliklari aniqlangan

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. 21 sentyabr kuni kech soat toʻqqiz yarim-oʻnlar oraligʻida nomaʼlum shaxslar Yakkasaroy tumani hududida joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyat binosi ichidagi seyfdan U.Turdiyevga tegishli 177 ming dollar miqdoridagi pulni egallab olishgan. Shundan soʻng mazkur jamiyat ishchisining hayoti va sogʻligi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hibsga olish jarayoni - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Talonchilik jinoyati boʻyicha qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismi "a" bandi (talonchilik, yaʼni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, juda koʻp miqdorda, oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni X.Saydullayev, M.Saidov va N.Nasriddinov sodir etganliklari aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0