Ochiqlik indeksi: Soliq qo‘mitasi yetakchi, Fan va texnologiyalar agentligi oxirgi o‘rinda

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishGrafik sostoyaniya finansovogo rinka
Grafik sostoyaniya finansovogo rinka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ochiqlik monitoringi talablariga ko‘ra, eng kam mumkin bo‘lgan qanoatlantiradigan ko‘rsatkich 75 ballni tashkil qiladi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi 2017-yil 1-iyul holatiga ko‘ra davlat organlari ochiqligi reytingida 96 ball bilan birinchi o‘rinda joylashdi. Bunga Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi e’lon qilgan reytingda guvoh bo‘lish mumkin.

Reytingni tuzishda uchta ko‘rsatkich: davlat organi faoliyatining ochiqligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan subyektlar faoliyati, ochiqlikni ta’minlashning aniq usullari samaradorligi va axborotdan foydalanuvchilarning qanoatlanganlik holati hisobga olinadi.

Har biri 95 ball bilan baholangan Markaziy bank va Adliya vazirligi ro‘yxatda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston
Davlat soliq qo‘mitasi "ochiqlik indeksi" reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Ro‘yxatning oxirgi uchligiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (32 ball, 50-o‘rin), Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (31,6 ball, 51-o‘rin) va Fan va texnologiyalar Agentligi (22 ball, 52-o‘rin) joylashgan.

Ochiqlik monitoringi talablariga ko‘ra, eng kam mumkin bo‘lgan qanoatlantiradigan ko‘rsatkich 75 ballni tashkil qiladi.

Jamoatchilik kengashi tomonidan ekspertlar ishtirokida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash ishlari — "Ochiqlik indeksi" reytingi har yili ikki marotaba — 1-yanvar va 1-iyul holatiga ko‘ra e’lon qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk bor 2017-yil 1-yanvarga bo‘lgan holatiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati "ochiqligi indeksi"ning reytingi e’lon qilingandi. O‘shanda ham reytingning 1-pog‘onasida 97,5 ball bilan Davlat soliq qo‘mitasi qayd etilgan, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 96,33 ball bilan Toshkent shahar hokimligi va Markaziy bank band etgandi.

Yangiliklar lentasi
0