Iqtisod

"Lukoyl" Oʻzbekistonda yangi obʼyektlarni ishga tushirdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishEmblema kompanii "Lukoyl"
Emblema kompanii Lukoyl - Sputnik Oʻzbekiston
"Lukoyl" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Hisor konlari guruhida yangi loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etishdi

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. "Lukoyl" Oʻzbekistondagi Hisor konlari guruhida "Janubi-Gʻarbiy Hisor" loyihasining asosiy ishlab chiqarish obʼyektlarini foydalanishga topshirdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

© "Lukoyl""Lukoyl" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov
Prezident kompanii Lukoyl Vagit Alekperov i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov  - Sputnik Oʻzbekiston
"Lukoyl" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov

"Loyihaviy quvvati yiliga 4,4 milliard kub metr boʻlgan gazni kompleks tayyorlash, gazni dastlabki tayyorlov qurilmalari hamda oltita gaz yigʻuv punkti shular jumlasiga kiradi. Sentyabr oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistonda "Lukoyl" boshqaruvi ostidagi loyihalarda gaz qazib olish hajmi 45 milliard kub metrga yetdi", — deyiladi xabarda.

© "Lukoyl""Lukoyl" Hisor konlari guruhida asosiy ishlab chiqarish obʼyektlarini foydalanishga topshirdi
Lukoyl zapustil osnovnыe obʼyektы na Gissare - Sputnik Oʻzbekiston
"Lukoyl" Hisor konlari guruhida asosiy ishlab chiqarish obʼyektlarini foydalanishga topshirdi

Oʻzbekistonda "Lukoyl" "Qandim-Havzak-Shodi- Qoʻngʻirot" va "Janubi-Gʻarbiy Hisor" loyihalari boʻyicha ish olib bormoqda.

Oʻzbekiston Investitsiya dasturiga koʻra, 2017 yilda "Lukoyl" umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq boʻlgan ikkita MTBni amalga oshirish uchun 1,217 milliard dollar kiritadi. Bugungi kunda "Lukoyl"ning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari hajmi 6,5 milliard dollardan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala