Jamiyat

Yaponiyada doktorlikka erishgan Umidjon: Oʻzbekistonda ishlash men uchun sharaf

© Facebook29 letniy doktor politicheskix nauk Umid Maxmudov
29 letniy doktor politicheskix nauk Umid Maxmudov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik Umidjon Mahmudov 29 yoshida Yaponiyaning Xosey universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va siyosatshunoslik fanlari doktori unvoniga erishdi

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik, Dilshodbek Asqarov. Oʻzbekiston isteʼdodlarga boy. Ularning muvaffaqiyatlari haqida deyarli har kuni eshitamiz, oʻqiymiz. Ana shunday yoshlardan biri Umidjon Mahmudov boʻlib, u Yaponiyaning Xosey universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va siyosatshunoslik fanlari doktori unvoniga sazovor boʻldi.

Ilm-fanga qiziqish, olimlikka intilish Umidjonning qonida bor. Uning bobosi Muhsin Qodirov Oʻzbekiston fan arbobi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor boʻlgan, buvisi Dilbar Mahmudova esa Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist. Umidjonning otasi professional rassom, dotsent boʻlib, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida dars beradi, onasi esa teatrshunos professor, uzoq yillardan buyon Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston TIV rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotida ishtirok etdi

Umidjon Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik litseyda oʻqiyotganida yapon tilini oʻrgana boshlagan. Oʻsha paytlarda unda Yaponiyada oʻqish istagi uygʻongan. Litseyni bitirib sharqshunoslik institutining xalqaro munosabatlar fakultetiga oʻqishga kirgan Umidjon ikkinchi kursdaligida yapon tilidan imtihonda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib Yaponiyada oʻqish huquqini qoʻlga kiritdi.

Xosey universitetining huquq fakultetida taʼlim olgan Umidjon Toshkentga qaytgach, "Yapon-Amerika harbiy ittifoqchiligi misolida Uzoq Sharqdagi xavfsizlik masalalari" mavzuida diplom ishini yozdi. Uning diplom ishi yuqori baholandi va Yaponiya hukumati granti evaziga magistraturani Xosey universitetida davom ettirishni tavsiya qilindi.

U 2011-2014 yillarda Yaponiya granti asosida xalkaro siyosat yoʻnalishi boʻyicha magistraturada, 2014-2017 yillarda siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha doktoranturada tahsil oldi.

© FacebookYaponiya sobiq bosh vaziri Yosixiko Noda bilan
29 letniy doktor Umid Maxmudov  - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiya sobiq bosh vaziri Yosixiko Noda bilan

Yaponiyaning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan munosabatlariga bagʻishlangan ilmiy ishini tayyorlash jarayonida Umidjon Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoriko Kavaguchi, mamlakat sobiq bosh vazirlari Yoshixiko Noda hamda Naoto Kan, Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Tsuyoshi Saito, tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi boʻlimi boshligʻi Jun Nanazava, YUNESKO sobiq bosh direktori Koitiro Matsuura kabi shaxslar bilan uchrashib fikr almashdi va doktorlik dissertatsiyasini boyitib bordi.

U yaqinda, 29 yoshida siyosatshunoslik fanlari doktori unvonini oldi. Shuni taʼkidlash joizki, bu yil turli yoʻnalishlarda 10 nafar kishi doktorlik darajasiga erishgan boʻlsa, ularning ichida eng yoshi aynan Umidjon hisoblanadi.

© FacebookYUNESKOning sobiq bosh direktori Koitiro Matsuura bilan
29 letniy doktor politicheskix nauk Umid Maxmudov - Sputnik Oʻzbekiston
YUNESKOning sobiq bosh direktori Koitiro Matsuura bilan

"Oʻzbekiston va Yaponiya oliy taʼlim tizimida qanday tafovutlar bor" degan savolimizga u "bizda talabalar Oliy taʼlim vazirligi tasdiqlagan fanlarni oʻrganishadi, u yerda esa talabalar asosan oʻzlariga kerakli fanlarni tanlashadi", deb javob berdi. Uning aytishicha, birinchi va ikkinchi kurslarda asosiy-majburiy fanlar oʻqitiladi, lekin fanlarni tanlash imkoniyati saqlanib qoladi.

Hozirda universtitetda professor assistenti lavozimida ishlayotgan Umidjon kelgusida Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlashni rejalashtirgan.

"Oʻzbekistonning tashqi siyosiy munosabatlardagi faolligi kuchaygan bugungi davrda mamlakatimizga yosh mutaxassislar har doimgidan ham koʻproq zarur degan fikrdaman. Vatanim taraqqiyotiga oʻz hissamni qoʻshishga doim tayyorman. Oʻzbekistonda ishlash men uchun sharaf", deydi Umidjon.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala