Jamiyat

Mirziyoyev va Tramp oilalari uchrashuvi

Oʻzbekiston rahbari turmush oʻrtogʻi Ziroatxon Hoshimova bilan BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni AQShga tashrifi bilan samimiy qutladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassambleye OON - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
AQShga tashrif: BMT minbaridagi Oʻzbekiston tashabbuslari va 2,6 mlrd $lik hujjatlar

Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston rahbari sharafiga 21 sentyabr kuni tashkil etilgan Oʻzbekiston va AQSH ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida oʻtkazilgan qabul marosimida tabrik maktubi oʻqib eshittirildi.

Qutlov izchil rivojlanib borayotgan Oʻzbekiston va AQSH munosabatlarining bugungi holatini ifoda etib, ikki davlat Prezidentlarining mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida yakdilligini tasdiqladi.

Quyida ushbu tabrik matni eʼlon qilinmoqda.

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Uzbekistana AQSH prezidentining Shavkat Mirziyoyevga qutlov maktubi
Privetstvennoye poslaniye Donalda Trampa v adres Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH prezidentining Shavkat Mirziyoyevga qutlov maktubi

 

"Melaniya va men Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi hamda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan qabul marosimining barcha qatnashchilarini tabriklaymiz.

Amerika xalqi nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi bilan chin dildan qutlaymiz. Oʻzbekiston 1992 yildan buyon xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasini taraqqiy ettirish boʻyicha umumiy saʼy-harakatlarimizda muhim sherikka aylandi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiyotga sarmoya kiritish orqali hamda madaniy aloqalar va turli darajadagi hamkorlik asosida davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlab kelayotgan oʻzbekistonlik sheriklarimiz faoliyatini qadrlaydi. Qoʻshma Shtatlar oʻzaro doʻstlik rishtalarini rivojlantirish va kelgusi avlodlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish yoʻlida olib borilayotgan ishlarni davom ettiradi.

Igor Nikolaychuk - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Siyosiy ekspert: Shavkat Miromonovich barchaga xush keldi

Qabul marosimi barcha qatnashchilar uchun sermazmun oʻtishini tilayman".

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida nutq soʻzladi.

Oʻzbekiston yetakchisi koʻplab mavzular — Oʻzbekistondagi soʻnggi islohotlar, mintaqaviy hamkorlik va ekologiya muammolari borasida nutq soʻzlab, jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Mirziyoyev shuningdek, barchani tashvishga solayotgan terrorizm mavzusini tilga olarkan, mazkur muammoni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston tomonining takliflarini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala