Jamiyat

Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov Samarqand shahriga keldi

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Bugun Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov Samarqand shahriga keldi, deb xabar qilinmoqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portalida.

Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Joʻrayev kutib oldi.

Uzbekskiye studentы v posolstve RUz v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik talabalar soni oshishidan xursand boʻlamiz - Tatariston prezidenti

Rustam Minnixonov ertaga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi. Samarqandning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari bilan tanishadi. Kunning ikkinchi yarmida mehmon Toshkentga keladi. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida respublikada istiqomat qilayotgan tatar millatiga mansub yurtdoshlar bilan uchrashadi, Tatariston sanʼat ustalari ishtirokidagi kontsert dasturini tomosha qiladi.

Tashrifning asosiy voqealari 25 sentyabrga moʻljallangan. R.Minnixonov buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil Oʻzbekiston asoschisi Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻyadi.

Shu kuni R.Minnixonov Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida tashkil etiladigan Oʻzbekiston — Tatariston ishbilarmon doiralari vakillari qoʻshma biznes-forumida qatnashadi.

Tatariston grezidenti mamlakatning turli vazirlik va idoralarida uchrashuvlar oʻtkazadi, poytaxtning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala