Moskvada O‘rta osiyolik shaxs 32 kg geroin bilan qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Topilgan narkotik moddalarning umumiy qiymati 3,2 mln dollarni tashkil qiladi, bu oxirgi yillarda qo‘lga olingan eng katta partiya.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Moskva shahar kuzminki tuman sudi O‘rta osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan shaxs ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U katta miqdorda narkotik modda sotishda ayblanmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya IIVining rasmiy vakili, Irina Volk xabariga asosan, Moskva shahar politsiya xodimlari Janubiy Butovo ko‘chasida qo‘lga olingan, 27 yoshli fuqaroning yonidan 1 kg geroin kukuni topishgan.

Keyinchalik u turgan xonadonda tintuv o‘tkazilganda yana 56 ta paketga joylangan kukunsimon modda topilgan. Ekspertlar ularning 31 kgdan ortiq geroin ekanligini aniqlashgan.

IIV xabariga ko‘ra, ushbu geroindan 560 000 ta shartli doza tayyorlash mumkin bo‘lgan va uning umumiy qiymati 3,2 mln dollarni tashkil qilgan.

Kelib chiqishi O‘rta Osiyodan bo‘lgan fuqaro hibsga olingan va unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining ikki bandiga ko‘ra jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0