Siyosat

Oʻzbekiston va Afgʻoniston temir-yoʻl sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Uchrashuvda temir-yoʻl transporti sohasida Oʻzbekiston va Afgʻoniston hamkorligiga doir muhim ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. 2017 yilning 23 sentyabr kuni Termez shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi delegatsiyalari uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

Shavkat Mirziyoyev vыstupil na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Tramp maʼmuriyatining Afgʻonistonga oid daʼvatini qoʻllab-quvvatladi
Afgʻoniston Temir yoʻllari boshqarmasi bosh direktori Mohamad Yama Shams boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan Afgʻoniston Prezidentining MDH ishlari boʻyicha Maxsus vakili ofisi, tashqi ishlar va moliya vazirliklari vakillari ham oʻrin olgan.

Uchrashuvda temir-yoʻl transporti sohasida Oʻzbekiston va Afgʻoniston hamkorligiga doir muhim ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz, BMT Bosh Assambleyasida nutq soʻzlagan Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev qoʻshni Afgʻoniston muammosiga toʻxtalib oʻtgandi.

"Afgʻonistonda tinchlikka erishishning yagona yoʻli — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar oʻrtasida oldindan hech qanday shart qoʻymasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot olib borishdir", — deb taʼkidlagandi Mirziyoyev.

Shuningdek, Mirziyoyev Oʻzbekiston Afgʻonistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qoʻshayotgani va bundan keyin ham hissa qoʻshishi haqida qoʻshimcha qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala