Jamiyat

Samarqandda elektron poliklinika ishga tushdi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Fotobankka oʻtishPoliklinikada shifokor elektron navbatga yozilayotgan ayolga yordam bermoqda
Poliklinikada shifokor elektron navbatga yozilayotgan ayolga yordam bermoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Har bir tashrif buyuruvchi maxsus oʻrnatilgan qurilma orqali oʻz tartib raqamini olib, monitorda navbati qachon kelishini kuzatib boradi. Kutish vaqtini foydali tashkil qilish maqsadida poliklinika hududida wi-fi zona tashkil etilgan

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Samarqand shahridagi 12-son oilaviy poliklinikada aholini onlayn tarzda elektron roʻyxatga olish tizimi ishga tushirildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Elektron poliklinika" dasturi bemorlarni yagona elektron roʻyxatga olish va internet tarmogʻi orqali shifokor qabuliga yozilishda koʻmaklashadi. Hozirda poliklinika hududida yashovchi fuqarolarning yagona tibbiy kartasi yaratilmoqda.

Bolalar poliklinikasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandning qator tumanlarida oilaviy poliklinikalar paydo boʻladi
Muassasaning kutish zalida oʻrnatilgan monitorlar orqali har kim navbati kelganini kuzatib turishi mumkin. "Salomatlik-3" loyihasi asosida roʻyxatxona va shifokorlar xonalari zamonaviy kompyuter tizimlari bilan taʼminlanib, lokal-hisoblash tarmoqlariga ulandi.

Endilikda qaysi ixtisoslikdagi shifokor nechanchi xonada qabul qilishi, ish vaqti va qabul kunlari bilan tanishish mumkin. Shifokor qabuli ham telefon orqali, ham uydan chiqmagan holda elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Yana bir qulaylik, bemor shifokor qabuliga oldindan navbat olmay kelgan boʻlsa, shu yerning oʻzida elektron tarzda navbatda turadi.

Buning uchun har bir tashrif buyuruvchi maxsus oʻrnatilgan qurilma orqali oʻz tartib raqamini olib, monitorda navbati qachon kelishini kuzatib boradi. Kutish vaqtini foydali tashkil qilish maqsadida poliklinika hududida wi-fi zona tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala