Siyosat

Tramp KXDR va Venesuela fuqarolariga AQShga kirishni taʼqiqladi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishAQSH prezidenti Donald Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
18 oktyabrgacha viza oladigan diplomatlarga va ayni vaqtda immigrant yoki qochqin maqomiga ega shaxslarga ushbu taʼqiqlar joriy etilmaydi

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp qator mamlakatlar fuqarolari uchun Amerikaga kirishni cheklash toʻgʻrisida farmon imzolagan edi. Endilikda Qoʻshma Shtatlarga kirish cheklangan davlatlar roʻyxatiga Venesuela, KXDR va Chad kiritildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oq Uydan kelib tushgan bayonot asosida.

Venesuela, KXDR va Chad davlatlariga nisbatan kiritilgan taqiq 18 oktyabrdan kuchga kiradi.

Amerika prezidenti Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQShga "xavfli" mamlakatlardan fuqarolar kirishini cheklovchi qonun kerak, dedi Tramp
Shuningdek, Eron, Yaman, Liviya, Suriya va Somali davlatlari "qora roʻyxat"da qoladigan boʻldi. Sudan ushbu roʻyxatdan chiqarildi.

Roʻyxatdagi yettita (Venesueladan tashqari) davlat fuqarolari uchun immigratsiya vizalari boʻyicha kirish muzlatilgan. Venesuela uchun taqiq faqatgina qator muassasalar rahbarlari, ularning oila aʼzolari hamda biznes va sayyohlik vizalariga ega shaxslarga joriy etilgan.

Qolgan mamlakatlarga kelsak, Chad, Liviya va Yaman fuqarolariga turistik va ishbilarmonlik bilan bogʻliq tashriflar uchun vizalar berilmaydi. Shimoliy Koreya va Suriya fuqarolariga AQShga kirish toʻliq man etilgan.

18 oktyabrgacha viza oladigan diplomatlarga va ayni vaqtda immigrant yoki qochqin maqomiga ega shaxslarga ushbu taqiqlar joriy etilmaydi.

Prezident SSHA Donald Tramp podpisыvayet rasporyajeniye, otmenyayuщeye Trans-Tixookeanskoye partnerstvo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH 6 ta musulmon davlat fuqarolariga viza berish boʻyicha yangi mezonlarni qabul qildi

AQSH prezidenti Tramp oʻz varorini immigrantlarni xavfsiz saralab olish mumkinmasligi bilan izohlagan.

"Mening birinchi galdagi vazifam — Amerika xavfsizligini taʼminlashdan iborat. Biz xavfsiz saralashni taʼminlay olmaydigan shaxslarni oʻz mamlakatimizda qabul qilmaymiz",- deb yozgan u Twitter dagi akkauntida.

Oq uyning rasmiy bayonotida KXDR va Venesuela Amerika hukumati bilan viza masalalari boʻyicha hamkorlik qilmagani uchun taqiqlar roʻyxatidan oʻrin olishgani taʼkidlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala