Iqtisod

Dollar arzonlashdi

© Sputnik / Andrey TeshayevUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan hafta boshida bir AQSH dollari 8077.48 qiymatida belgilangan edi

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

2017 yil 26 sentyabrdan 1 AQSH dollari 8066,96 soʻm etib belgilandi.

Shuningdek, 1 YEVRO 9626,30; 1 Rossiya rubli 140,05; 1 Angliya funt sterlingi 10921,86 va 1 Yaponiya iyenasi 71,87 soʻm tarzida belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Reyter agentligi Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga tayangan holda Oʻzbekistonda 1 oktyabrdan boshlab aholiga naqd xorijiy valyuta sotib olishlariga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala