Madaniyat

“Dahshatlar qiroli”ni Oʻzbekistonga olib kelgan tarjimon

© SputnikAskarov Dilshodbek
Askarov Dilshodbek - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda qimmatbaho qogʻozlarda chop etilgan chiroyli kitoblar koʻp boʻlsada, sifatli tarjima qilingan jahon zamonaviy adabiyoti asarlari juda kam.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik, Lev Rыjkov. Sputnik muxbiri Lev Rыjkov dunyoda “Dahshatlar qiroli” nomini olgan mashhur amerikalik yozuvchi Stiven King asarlarini birinichi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilgan jurnalist bilan suhbatda boʻldi.

Avval Stiven King haqida

Bugungi kunda Stiven King shak-shubhasiz dunyoda eng mashuhur yozuvchi. Boʻlmasamchi, axir Hollivud, uning kitoblari asosida, har oyda bittadan blokbaster (mashhur kino) chiqarib turibdi-ku!  Oddiy misol: avgustda “Qorongʻu minora” filmi chiqqan edi, sentyabrda “U” filmi chiqayapti. Ikkala film ham “Dahshatlar qiroli” romanlariga asoslangan.

Knigi - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Shukrulloga "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi" mukofoti berildi

Bugungi kunda Stiven King shunchalik mashhurki, u dunyoning qariyib barcha tillariga tarjima qilingan. Endi  esa uni oʻzbek tilida ham oʻqish mumkin.

Stiven Kingni birinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilgan jurnalist Dilshodbek Asqarov roʻparamda oʻtiribdi. Ehtiyotkorona nigohi va yumshoq gapirish bilan, bir qarashda, uning oʻzi ham Stiven King qahramonlariga oʻxshab ketadi. Lekin, Dilshodbek, albatta ijobiy qahramon boʻlishi mumkin.

“Men King kitoblarida oʻzimga oʻxshagan ikki qahramonni koʻrganman. Birinchisi, bu – “Shoushenkdan qochish” hikoyasidan Eddi Dyufreyn, ikkinchisi – “Yashirin deraza, yashirin bogʻ” hikoyasidagi yozuvchi Morton Reyni”,  - deydi Dilshodbek.

Dilshodbek asli Andijonlik, oddiy oilada tugʻilib oʻsgan. 90 yillarda u “dahshat” uslubida suratga olingan filmlar muxlisiga aylanadi. U sevib tomosha qilgan filmlarning aksariyati Stiven King asarlari asosida suratga olingan. Ayni oʻsha vaqtlarda Toshkentda oʻqib yurgan Dilshodbek, Hindistonga borib ingliz tilli amaliyoti bilan shugʻullanish imkoniga ega boʻladi.

Kitoblar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jurnalist nigohi: adabiyot oʻgaylanib qoldimi?

Shu tariqa “dahshat” kinolariga boʻlgan qiziqish va ingliz tili amaliyoti bir nuqtada kesishadi.

“Agar Stiven King asarlari asosida suratga olingan filmlar shunday yaxshi boʻlsa, uning kitoblari undan ham zoʻr boʻlishi kerak! – deb oʻyladim, — deydi Dilshodbek. – Men internetda Stiven Kingning bir necha hikoyalari topib ularni oʻz ona tilimga tarjima qilishga qaror qildim.

Natijada, Stiven Kingning kitoblari men oʻylagandan ham yaxshiroq boʻlib chiqdi. Menga qahramonlarning ruhiy kechinmalari yoritilishi juda yoqdi. Asarlarda qahramonlarning har bir hatti-harakati ruhiy jihatdan mutlaq asoslangan boʻlib, kitobni oʻqiyotgan odam, ushbu qahramon nega aynan shunday qilganini va uning bundan boshqa yoʻli qolmaganini yaqqol tushunib turadi.”

Nozik tarjima tafsilotlari

Dilshodbek Stiven Kingning “Chekishni tashlang” korporatsiyasi, “Doʻzaxdan kelgan mushuk”, “1408” hikoyalarni keyin “Boʻri-odam yili” qissasini tarjima qilgan.

Kitob ustida koʻzoynak - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda kitob oʻqigan inson mashina minadi

“Men internetdan asarlarni ingliz va rus tilida yuklab olardim, — deydi Dilshodbek. –Kitoblarni avval ingliz tilida, keyin rus tilida oʻqirdim. Keyin esa ularni qatorma-qator solishtirib, ikki tilda keltirilgan soʻzlar yordamida muallif fikrini chuqurroq ilgʻab olishga harakat qilar edim. Shundan soʻng oʻzbek tilida yozishga kirishardim”.

Oʻzbekistonda, xususan, Andijon viloyatida chop etilgan ushbu tarjimalar mushtariylarda ulkan qiziqish uygʻotdi. Afsuski, yangi kitoblaring koʻpi oʻzbek tilida chiqmaydi. Mumtoz adabiyotlar tarjima qilingan, lekin zamonaviy adabiyotlar tarjimasi bosmadan chiqmaydi. Hatto dunyoning barcha tillariga tarjima qilingan “Harri Potter” ham hanuzgacha oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan. Albatta Internetda uning ruschasini topish mumkin, lekin bizda koʻpchillik rus tilida Internetda kitob oʻqlishga oʻrganmagan”.

Stiven Kingning birinchi tarjimalari 1998 yildan boshlab Andijon koʻngilochar haftalik gazetasida chop etila boshlagan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev: adabiyot va sanʼat, OAVlarning biznesga aylanishiga yoʻl qoʻymaymiz

“Oʻquvchilarimizni ushbu hikoyalar chinakam hayratga soldi, — deb  eslaydi Dilshodbek. – Tanish-bilishlar, hamma “Bu nima oʻzi?! Yana bormi?”, — deb soʻrashardi. Umuman Oʻzbekistonda oʻquvchilar juda minnatdor”.  

Oʻzbek tiliga tarjima qilishda asarni chop etish huquqiga ega boʻlganlar qanday qarashdi?

“Men nashriyotga yozgandim, — deydi Dilshodbek. Biz Andijondan palonchi nashr, sizlarning muallifingiz Stiven King asarini oʻzbek tilida chop etmoqchimiz. Koʻp pul bera olmaymiz, lekin men oʻz maoshim bilan boʻlishishga tayyorman, — deb. Bunga ancha yillar boʻldi, lekin javob haligacha kelmadi”.

“Dahshatlar  qiroli”ning oʻzi u Oʻzbekistonda qanchalik mashhur ekanligini biladimi?

“Albatta biladi va u bunga mutlaq qarshi emas”, — deb ishonch bildirdi Dilshodbek.

Kitoblar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "Bolaga kitob sovgʻa qiling" aktsiyasi oʻtkazilmoqda

Tarjimon Dilshodbek Asqarov yaqin orada Stiven Kingning eng dahshatli romanlaridan biri hisoblangan — “Oriqlayotgan kishi 2”ni tarjima qilishni rejalashtirgan.

Jahon adabiyoti durdonalari

Dilshodbek Stiven Kingdan boshqa jahon mualliflarni ham tarjima qilgan. Masalan, uning sevimli muallifi boʻlgan Roald Dal asarlari. 

“Bu men eng sevgan yozuvchilardan biridir, — deydi tarjimon. – Stiven King bilan bir qatorda, uning hikoyalari ham mutlaq kutilmagan tarzda tugaydi. Roald Dal andijonliklarga ham juda maʼqul keldi!”.

Dilshodbek, jahon adabiyoti mumtoz asarlaridan boʻlgan Gi De Mopassan, Akutagava Ryunoske asarlarini ham oʻzbek tiliga tarjima qilgan.  

Oʻzi tarjima qilgan asarlari orasida tarjimonga yoqmaganlari ham bor.

Knigi - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbekistonda "jonlanuvchi" kitoblar chop etilmoqda

“Men Devid Zeltserning “Omen” (asl nomi “Nishona”)  asarini oʻzbek tiliga tarjima qilganman, — deyb eslaydi suhbatdoshim. — Keyin uning boshqa muallif tomonidan yozilgan davomi chiqdi, keyin yana boshqa yozuvchi qalamiga mansub uchinchi qismi paydo boʻldi. Undan keyin toʻrtinchi va beshinchi qismlari chiqishiga qaramasdan, men uchinchi qismida toʻxtadim. Nazarimda ushbu matnlar oʻzi bilan salbiy energiya olib kelayotgandek edi. Oʻquvchi uchun u xavfli boʻlmasada, tarjimon uchun xavflidek tuyuldi. “Omen”ni tarjima qilayotgan vaqtimda hayotimda katta baxtsizlik sodir boʻldi. Shundan soʻng men uni davom ettirmaslikka qaror qildim”.

Oʻz xalqi uchun fidokorona mehnat

Dilshodbek aytishiga qarganda, Oʻzbekistonda sifatli qogʻozlarda juda chiroyli kitoblar chop etish yoʻlga qoʻyilgan. Yangi-yangi zamonaviy kitob magazinlari ochilmoqda. Butun dunyoda kitob biznesi inqirozga uchrayotgan boʻlsa ham, Oʻzbekistonda ushbu soha gullab-yashnamoqda, lekin boshqa tillardan sifatli tarjima qilingan kitoblar juda kam.

“Men oʻz hamyurtlarim uchun Mixail Bulgakovni tarjima qilmoqchiman,- deydi Dilshodbek. “Usta va Margarita” oʻzbekchada bor, lekin Bulgakovning boshqa ajoyib asarlari hali juda koʻp. Masalan, uning “Taqdir tuxumlari” (Rokovы yaytsa) asari menga juda yoqadi.  

Dunyoda ajoyib kitoblar juda koʻp, — deydi Dilshodbek. – Men, oʻz Vatanimda ham ularni oʻqishlarini istardim”.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala