Jamiyat

Hayvonlarni aybi nima? - Mehr va Oqibat Toshkent hukumatini insoniylikka chorlamoqda

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSobaka v volyere punkta kratkovremennogo soderjaniya bezdomnыx jivotnыx
Sobaka v volyere punkta kratkovremennogo soderjaniya bezdomnыx jivotnыx - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq daydi itlar kunu-tun davom ettiriladigan reydlarda ushlanib, quturish xavfi mavjud jonivorlar otib tashlanishi haqida xabar berilgan edi. Bundan xabar topgan zoohimoyachilar shoshilinch kengash chaqirdilar

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Maxsus tashkil etilgan otryadlarning 11 nafar mutaxassisi Toshkent shahrida daydi itlarni ushlash uchun tunu-kun reydlar oʻtkazish bilan shugʻullanadi. Poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonovning bu haqdagi qarori shanba kuni shahar maʼmuriyatida oʻtkazilgan brifing chogʻida maʼlum qilindi.

Chastnыy priyut dlya bezdomnыx sobak - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda 9 oy mobaynida 1600dan ortiq kishi daydi itlardan jabrlangan
Hokim oʻrinbosari va Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Farida Abdurahimovaga koʻra, bu qaror prezident virtual qabulxonasiga aholidan kelib tushgan murojaatlar tufayli qabul qilingan. Aholi prezidentga shaharda daydi itlar va mushuklar koʻpayganidan shikoyat qilishgan.

Brifingda aytilgan maʼlumotlarga koʻra, yil boshidan buyon 3527 fuqaro daydi va xonaki hayvonlar hamlasidan jabr koʻrgan, shulardan 1633 nafari daydi itlar tomonidan tishlab olingan.

Quturish xavfi mavjud jonivorlar otib tashlanishi haqida xabar topgan zoohimoyachilar shoshilinch kengash chaqirdilar. Bu haqda Mehr va Oqibat jonivorlarni himoya qilish tashkilotining Feysbukdagi sahifasida xabar qilindi.

Mehr va Oqibat shahar hukumatini daydi itlar masalasini insoniylik nuqtai nazaridan hal etishga chorlamoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Hukumat inson masʼuliyatsizligi oqibatlariga qarshi kurashmoqda (jonivorlar koʻchaga qanday qilib tushib qolganini esga olaylik). Hayvonlarni yoʻq qilish — zoohimoyachilar bilan bu masalani muhokama qilish, dunyo amaliyotini oʻrganish, daydi jonivorlar masalasi allaqachon hal etilgan rivojlangan davlatlar tajribasiga murojaat qilish, avval shaharda, soʻngra butun mamlakat miqyosida qandaydir ijobiy ishni amalga oshirishga urinishdan koʻra osonroq", — deyiladi jamiyat murojaatida.

"Biz nima uchun hayvonlarni jazolamoqchimiz? Ularni aybi nimada? Nahot, shu jonivorlar, egalari koʻchib ketayotib yoki allergiya yoxud shunchaki bezor boʻlganidan ularni tashlab ketgani uchun aybdor sanalsa? Yoki ayb aslida odamlar ularni sterilizatsiya qilishni xohlamay, keyinchalik keraksiz nasllarini koʻchaga uloqtirayotganidami ularni aybi? Biz bolalarimizni nimaga oʻrgatyapmiz? Biz ularga qanday oʻrnak boʻlayapmiz? Keyin esa qulochimizni keng yozib, nega bolalarimiz bu qadar shafqatsiz deya lol qolib oʻtiramiz", — deb taʼkidlangan zoohimoyachilar bayonotida.

#Ozorberma sotsialnaya aktsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Inson boʻl" #ozorberma ijtimoiy tadbiri boshlandi

Zoohimoyachilar daydi jonivorlar masalasini hal qilish uchun aholi va jamoatchilik tashkilotlarini birlashishga chorlamoqda.

Mehr va Oqibat bu masalani hal etish uchun bir necha variant yechimlarni taklif etgan.

Jamiyat daydi itlarni ushlash xizmatini — daydi itlarni qutqarish xizmatiga aylantirishni, shuningdek, moliyalashtirishni jalb qilgan holda hayvonlar uchun boshpana vazifasini oʻtaydigan infratuzilmani tashkil qilib, u yerga hayvonlarni sevadigan odamlardan iborat koʻngilli hayvon-boquvchilarni jalb qilishni taklif qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala