Siyosat

Oʻzbekistonda sudyalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari
Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda sudyani tayinlashda u faoliyat olib borgan hududda yashayotgan aholining, xususan, sudga ishi tushgan odamlar, keng jamoatchilikning fikri hisobga olinmoqda

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Sudyalarning oliy malaka hayʼati va sudyalar malaka hayʼatlarining 2017 yilning oʻtgan davridagi ishlari, sohadagi muammolar va istiqboldagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida sudyalar tomonidan odob-axloq kodeksiga rioya etish ustidan nazoratni kuchaytirish zarurli taʼkidlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonda 100 ming dollar pora olgan sudya 12 yilga qamaldi
Eslatib oʻtamiz, 13 iyun kuni oʻtkazilgan sud tizimiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yuksak maʼnaviy-axloqiy saviyaga ega boʻlmagan yurist kadrlar hech qachon sudya lavozimiga tayinlanmasligi kerak. Adolat va maʼnaviyat — oʻzaro chambarchas bogʻliq tushunchalardir. Maʼnaviyat boʻlmagan joyda hech qachon adolat boʻlmaydi", — deb taʼkidlagan edi.

Sudyalarni tanlash va lavozimiga tayinlash maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi ana shu talablar asosida faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Sudyalarning oliy malaka hayʼati, shuningdek, sudyalarning malaka hayʼati raislari, aʼzolari va kotiblari ishtirok etgan tadbirda asosiy eʼtibor 2017 yil 13 iyunda sud tizimi xodimlari bilan uchrashuvda Mirziyoyev qoʻygan vazifalar ijrosiga qaratildi.

Sudyalik lavozimlarga nomzodlar eng malakali va masʼuliyatli mutaxassislar orasidan tanlab olinmoqda. Sudyani keyingi muddatga tayinlashda uning sud qarorlarini qonuniy va adolatli chiqarganligi, ishda qatnashgan tomonlarning vajlarini sinchiklab, xolis va begʻaraz oʻrganib toʻgʻri xulosa berishi tahlil qilinmoqda. Sudya faoliyat olib borgan hududda yashayotgan aholining, xususan, sudga ishi tushgan odamlar, keng jamoatchilikning fikri hisobga olinmoqda.

Sud raislari oʻz faoliyati yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida axborot bermoqda. Ular tomonidan berilayotgan tavsifnoma Sudyalar oliy kengashi uchun sudya faoliyatiga baho berishda asosiy hujjat boʻlib xizmat qilmoqda.

Sudya bolgʻachasi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Fargʻona sudyalari viloyat xalqi oldida qasamyod qildilar
Yigʻilishda sudyalar oliy malaka hayʼati va sudyalar malaka hayʼatlarining hisobotlari tinglandi. Birinchi marta sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun tavsiya etilayotgan shaxslarni oʻrganishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari, sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi kodeksiga rioya etilishi ustidan nazoratni susaytirganliklari tanqid qilindi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda keng jamoatchilikni jalb qilish orqali malaka hayʼatlari tomonidan sudyalik lavozimiga har tomonlama yetuk, malakali, mehnat faoliyatida benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan nomzodlarni boʻsh oʻrinlarga muqobillik asosida tavsiya etish, sudyalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala