Siyosat

Oʻzbekistonga Qozogʻiston parlamenti delegatsiyasi keldi

Qozogʻiston delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. "2017-yilning 25-sentyabr kuni Qozogʻiston Parlamenti Senati raisi Kosim-Jomart Tokayev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keldi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Prezidentы Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Nazarboyev Toshkentda: harbiy birodarlik va kosmik istiqbollar
Rasmiy tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida parlamentlararo hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi. Shuningdek, Qozogʻiston delegatsiyasi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Delegatsiya Samarqand shahriga tashrif uyushtirishi ham rejalashtirilgan.

16 sentyabr kuni Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentga kelgan edi. Nazarboyevning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida oʻzbek-qozoq hamkorligiga doir oʻndan ziyod hujjatlar imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala