Iqtisod

Paxta terim puli oshdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishPaxta terimchisi
Paxta terimchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Hujjatga muvofiq, birinchi bosqichda qoʻlda terilgan xom-paxtaning bir kilogrammi uchun mehnat haqi 450 soʻm, ikkinchi bosqichda, yaʼni 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab bu summa 500 soʻm etib belgilandi

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati 2017 yilda paxta terimi uchun mehnatga haq toʻlash tariflarini belgiladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Paxta terimidagi yigitlar - Sputnik Oʻzbekiston
Quronboyev paxta terimida yetakchilik qilayotgan yoshlar haqida maʼlumot berdi
Hujjatga muvofiq, birinchi bosqichda qoʻlda terilgan xom-paxtaning bir kilogrammi uchun mehnat haqi 450 soʻm, ikkinchi bosqichda, yaʼni 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab bu summa 500 soʻm etib belgilandi.

Mashinada terilgan xom-paxta uchun tarif stavkalari bir tonnaga 260 ming etib belgilangan.

Fermer xoʻjaliklariga paxta terimchilari oʻrnatilgan narxlar boʻyicha toʻlovni har besh kunda, shunga zarurat boʻlsa har kuni amalga oshirish tavsiya etilgan.

Oʻz navbatida mahalliy ijro organlari ham paxta terimchilariga mehnat haqi oʻz vaqtida amalga oshirilayotganini qatʼiyan nazorat qilib borishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala